Umumtexnik fanlar

Turkmenov Xasan Ishimovich

Kafedra mudiri, dotsent

Теl.:  +998-71-237-09-72

Email: kh.turkmenov@tiiame.uz

 

 


Umumtexnik fanlar kafedrasi dastlab Metallar texnologiyasi kafedrasi nomi bilan 1934 yili tashkil etilgan. Kafedra negizida 1976 yilda Qishloq xo‘jaligi mashinalari texnologiyasi kafedrasi ish boshlagan. Metallar texnologiyasi kafedrasining birinchi tashkilotchisi, asoschisi va rahbari dotsent M.D.Livshis bo‘lgan. «Qishloq xo‘jaligi mashinalari texnologiyasi» kafedrasiga 1976–1983 yy. t.f.n., dos. A.3.Rahmonzoda, 1983–1993 yy. t.f.n., dos. T.A.Mirsaidov, t.f.d., prof. M.A.Levitin boshqarganlar. O‘tgan davr mobaynida kafedraga (1952–71 yy.) dos. V.D.Avagimov, (1971–76 yy.) dos. A.Z.Rahmonzoda, (1976–77 yy.) dos. Sh.U.Yuldashev, (1977–82 yy.) dos. N.A.Anoxin, (1983–88 yy.) prof. E.D.Xaykin, (1988–95 yy.) prof. M.T.Balabekov, (1995-96 yy.) dos. U.P.Umurzakov, (1996–99 yy.) dos. X.N.Ibragimov, (1999 – 2016 yy.) dos. X.I.Turkmenov, (2016-2017 yy.) dos. Z.T.Jumaev rahbarlik qilgan. Materiallar texnologiyasi, amaliy mexanika va standartlashtirish kafedrasi 2016 yildan Umumtexnik fanlar kafedrasi deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedraga dos. X.I.Turkmenov rahbarlik qilib kelmoqda. So‘nggi 2 yilda kafedrada 3 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, 100 ta ilmiy maqolalar, xorijiy va respublika jurnallarida chop etilgan hamda 15 ta patent olingan. Kafedraning rivoji va taraqqiyotida dos. V.D.Avagimov, dos. A.G.Koshevnikov, prof. M.A.Levitin, akademik Sh.U.Yuldashev, prof. G‘.Sh.Zokirov, dos. N.A.Anoxin, prof. E.D.Xaykin, prof. M.T. Balabekov, prof. U.P.Umurzakovlar katta hissa qo‘shganlar. Kafedrada iqtidorli talabalarning «Yosh mexanik» to‘garagi tashkil etilgan. Talabalar tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 100 tadan ortiq maqola nashr etilgan, respublika fan olimpiadalarida talabalar sovrindor o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kafedraga 2018-2020 o‘quv yilida 8 ta zamonaviy laboratoriya stendlari o‘rnatildi. Ularda «Mashina detallari va loyihalash asoslari» fanidan 30 dan ortiq laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyatlari mavjud. Kafedrada ta’lim, fan va ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyaga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda kafedrada Chelyabinsk va Amurdagi Komsomolsk davlat texnika universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy va ilmiy-metodik ishlar olib borilmoqda. «O‘zstandart» agentligi «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish» ilmiy-tadkikot instituti, Turin politexnika institutining Toshkent filiali, «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodi» OAJ, «Toshkent quvur zavodi» QK, Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent Davlat agrar universiteti (TashDAU), «BMKB Agromash» korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xozirgi kunda kafedrada Xitoy Xalq Respublikasining Anxui universittetidan Kimsanov Shoxijaxon va Janubiy Koreyaning Sun Moon universitetidan Amanov Avazlar o‘rindosh sifatida ishlab kelmoqda.

Qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar