Ilmiy ishlar

Kafedrada quyidagi ilmiy – tadqiqot ishlari olib boriladi

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1

Zanjirli traktor yurish qismini takomillashtirish

“TTZ” OAJda ishlab chiqilgan eksperimental zanjirli traktorning yurish qismini konstruksiyasi to‘liq o‘rganish va yurish qismini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish

2

Traktor dvigatellarining sovitish tizimini takomillashtirish

Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish

3

Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdori monitoring qilish va tarkibini o‘rganish

Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va ularni kelib chiqish manbalarini o‘rganish

4

Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalash- ning ilmiy-texnikaviy yechimlari-ni ishlab chiqish

Inqirozga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va kam hosilli yaylovlarni yaxshilash maqsadida cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘larini ekishda qo‘llaniladigan texnik vosita va texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish

Olingan natijalar:

  1. TTZ” OAJda ishlab chiqilgan eksperimental zanjirli traktorning yurish qismini konstruksiyasi o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi
  • Zanjirli traktor yurish qismini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqildi.
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi.
  1. O‘zbekiston sharoitida traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi
  • Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yichatavsiya ishlab chiqildi.
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi.
  1. Toshkent shaxrida atmosferahavosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va tarkibini o‘rganish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlardan biri o‘tkazildi.
  • Tadqiqotlarni olib borishda AQShning Vashington shtati universiteti va Uzgidromet tarkibiga kiruvchi Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti va professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari bilan hamkorlik qilindi
  • Mayda uchuvchan zarrachalar miqdorini aniqlashda foydalaniladigan atmosfera havosidan namuna oluvchi jihozlar va boshqa materiallar olindi
  • Atrof muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchiRM10, RM2.5 miqdori yoz va kuz oylarida eksperimental maydonchalarda aniqlandi
  • Zarrachalar tarkibi o‘rganildi va ularni paydo bo‘lish manbalari tahlil qilindi, mobil energetik vositalarning zarrachalar hosil bo‘lishidagi ulushi aniqlandi
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 3 maqola chop etildi
  1. Cho‘lyaylovlarinimexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi
  • Yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish seyalkasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqildi,tajriba – sanoat nusxasi tayyorlandiva sinovlarni o‘tkazish “VMKV-Agromash” AJ ga topshirildi;
  • Cho‘l o‘simliklari urug‘ini ekish agregatining sinovlari Samarkand viloyatidagi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-ishlab chiqarish xo‘jaligida va Jizzax viloyati Forish tumanida“VMKV-Agromash” AJ tajriba uchastkasida o‘tkazildi.
  • Cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish va yig‘ishtirib olishga oid tavsiya tavsiyalar ishlab chiqildi
  • Tadqiqot ishlari natijalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida o‘quv jarayoniga joriy etildi;
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 3 maqola chop etildi