Tadbirlar

Islom Karimov muzeyiga tashrif

Ushbu muzey, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Afrosiyob koʻchasida joylashgan zamonaviy meʼmoriy inshoot boʻlib, 1999-yildan to 2016-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning rasmiy qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ-2785-son qarori bilan “Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi”ga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining hayoti va faoliyati haqida ko‘proq bilish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot univeristeti “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiylash” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev boshchiligida 109-guruh faol talabalari bilan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyning eski nomi - "Oqsaroy Rezidensiyasi" ("Oq saroy"), bu yerda Islom Karimov bir paytlar siyosiy faoliyatini olib borgan va ishlagan. Hashamatli saroyda, muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zali mavjud. Talabalarga muzey xodimasi eksponatlar toʻgrisida qiziqarli ma’lumotlar berib oʻtdi. Talabalarda Islom Karimov vatanni sevib, xalq uchun jonini beradigan inson boʻlganligi, iliq taassurot qoldirdi desak adashmagan boʻlamiz. Talabalarni ma’naviyati va ma’rifatiga ta’sir etadigan, manashunday muzeylarga koʻproq tashrif buyurish kelishib olindi.


O‘zbekiston davlat satira teatri

Bugun kunda Respublika estrada teatr san’ati kundan-kunga rivojlanib, o‘z muxlislari sonini ko‘paytirib bormoqda. 12.10.2023 yil kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutorlari J.Sadullayev, O.Abdullayevalar boshchiligida 1-kurs teatr ihlosmand talabalari bilan birgalikda “O‘zbekiston davlat satira teatri”ga tashrif buyurishdi. R.Allanazarov rejissyorligida O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov she’rlari asosida sahnalashtirilgan «Qarsak chaling» nomli, aktyor Tolib Tojiyev ijrosidagi mazkur spektakl tashrif buyurgan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.


AJDODLARIMIZDAN O‘RGANAMIZ

2023 yil 4 oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida dastlab Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hakali atrofida shoir tomonidan yozilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “O‘zbekiston”, “Shoir yuragi” nomli kitoblaridagi she’rlari talabalarimiz tomonidan yodga olindi. Shundan so‘ng O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munira Ramozanova O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning ijodlari to‘g‘risida talabalarga qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir davomida barcha talabalar o‘zlari ijod qilgan ya’ni o‘zining qalamiga mansub she’rlaridan o‘qib eshittirdilar. Tadbir juda qizg‘in davom etdilar. Tadbir yakunidan faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


DEKAN KUBOGI DAVOM ETMOQDA

Bugun 26 sentyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalar guruhlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida sportning 5 turining BASKETBOL turining Stretbol yo‘nalishi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi fakultet dekani Q.Shavazov hamda “Jimsoniy tarbiy va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilovlar barcha jamoalarga omad tilab musobaqaga start berdilar. Ushbu musobaqalar yuqori darajada bo‘ldi va qizg‘in davom etdilar. Musobaqa yakunida fakultet dekani Q.Shavazov g‘olib jamoalarini taqdirladilar. Tadbir so‘ngida talabalar ushbu musobaqalarni tez-tez o‘tkazib turish bo‘yicha o‘zlarini takliflarini bildirib o‘tdilar. Barcha talabalarning o‘qish va ishlarini omad tilab qolamiz.


TALABALAR LIGASI

Joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalar guruhlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida sportning 5 turi (mini-futbol, shaxmat, voleybol, stol-tennis, basketbol) turlari bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasiga fakultet dekani Q.Shavazov hamda “Jimsoniy tarbiy va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilovlar barcha jamoalarga omad tilab musobaqaga start berdilar. Talabalarni qo’llab-quvvatlashga barchani chorlab qolamiz!!!


“QXM” FAKULTETIDA DEKAN KUBOGI

Joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalar guruhlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida sportning 5 turi (mini-futbol, shaxmat, voleybol, stol-tennis, basketbol) turlari bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasiga start berilgan edi. Ushbu musobaqalar yuqori darajada bo‘ldi va qizg‘in davom etdilar. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarni taqdirlash uchun rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashidovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Choriyev Roʻzimurat Kungratovich, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabievich, fakultet dekani Shavazov Qodirjon Ochilovichlar ishtirok etdi va g‘oliblarda estalik sovg‘alarni topshirdilar. Tadbir so‘ngida talabalar ushbu musobaqalarni tez-tez o‘tkazib turish bo‘yicha o‘zlarini takliflarini bildirib o‘tdilar. Barcha talabalarning o‘qish va ishlarini omad tilab qolamiz.


OGOHLIK DAVR TALABI

Joriy yilning 4 oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalariga Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasining Kiber jinoyatga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bog‘liq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelayotganligi, virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solinayotganligi haqida so‘z olib bordilar. Kiber jinoyatdan himoyalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


XALQARO ILMIY-TEXNIK KONFERENSIYA

Joriy yilning 19 oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov va “Muhandislik tizimlarni boshqarish” kafedrasi mudiri P.Berdimuratovlar taklifiga binoan “Belarus Milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-amaliy markazi” bordilar. Bunda akademik S.I.Nazarov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etmoqda.


KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlab bo‘yicha dekan o‘rinbosari, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti Borotov Atxam Nurmuxammadovich Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovlarida bir necha marotaba faol ishtirok etganligi munosabati bilan «Scientific Academy» ilm ma’rifat markazi tomonidan «FAOL TADQIQOTCHI» Esdalik Ko‘krak nishonlari, Esdalik Ko‘krak nishon belgisi, Maxsus Guvohnoma va Esdalik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Joriy yilning fevral va iyul oylarida «Best Publication» ilmiy tadqiqotlar markazlari va «Ustozlar uchun» ilmiy nashrlar markazilari tomonidan «TA’LIM IFTIXORI» hamda «TA’LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN» Esdalik Ko‘krak nishonlari, Esdalik Ko‘krak nishon belgisi, Maxsus Guvohnoma va Esdalik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan edilar. Atxam Borotovning kelgusidagi ilmiy ishlariga omad tilab qolamiz.


TALABALARNING MUZEYGA TASHRIFI

Joriy yilning 4-oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining talaba-yoshlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Bunda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning asarlari, badiiy poetik mahorati haqida va bir qancha yozuvchilarning asarlari bilan yaiqndan tanishdilar. Tashrif yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga muzey xodimlari tomonidan javob oldilar va talabalarda yanada qiziqish uyg‘ondilar.


OGOHLIK DAVR TALABI

Joriy yilning 1-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalarni rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashidovich hamda Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB proflaktika katta inspektori mayor A.R.Ubaydullayevlar talabalar bilan ogohlik davr talabi mavzusida suhbat olib bordilar. Bunda bugungi kundagi turli xil ijtimoiy kanallardagi ma’lumotlarga ishonmaslik va ular tavsiya qilgan ishlarga kirishmasligi, tushunmagan narsalarini dekan o‘rinbosarlari va tyutorlardan so‘rab yaxshi tushinib olishlari, kerak bo‘lsa biz ham sizlarni turli savollaringi va takliflaringizga javob berishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdilar. Shundan so‘ng universitet va talabalar turar joylari to‘g‘risidagi ichki tartib qoidalariga to‘liq rioya qilishlarini aytib o‘tdilar. Suhbat yakunida talabalar tomonidan qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

 


“TIL YASHASA-YASHAYDI MILLAT!”

21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34-yilligi munosabati bilan fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan “TIL YASHASA-YASHAYDI MILLAT!” mavzusidagi o‘tkazilgan videoroliklar tanlovida faxrli 2-o‘rinni 1-kurs 110-guruh talabasi Ochilova Mushtariy Behzod qizi egallagan. Universitet rektori tomonidan 2-DARAJASI DIPLOM va 300 000 so‘m pul mukofati topshirildi. Fakultet dekanati Mushtariyning o‘qish va ishlariga omad tilab qoladi.


“Xalqaro qishloq ayollari” kuniga bag‘ishlangan uchrashuv

Joriy yilining 16 oktyabr kuni mehnatidan baxt topgan ayollar “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakuleti “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalar” kafedrasi professori Muxayyo Shoumarova va “Abzal-Akobir fermer xo‘jaligi “ raisi Yuldasheva Shoxida G‘ulomovna bilan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda professor Muxayyo Shoumarova – Yurtimizda ayollarning ta’lim olishi, mehnat kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish, gender tenglikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shoxida G‘ulomovna Yuldasheva – “Universitetda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib ko‘zim quvonchga to‘ldi. Bugungi kunda tadbirkor-fermer ayollarimizga alohida e’tibor qaratilayotganligini, qilgan mehnatlarimiz e’tirof etilgan yurtda yashayotganimdan faxirlanaman”- dedi. Halol mehnati, el-yurt oldidagi xizmatlari uchun davlatimizning qator mukofotlariga sazovar bo‘lganligini ham gapirib o‘tdi. Davra suhbati qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Talaba-qizlarimiz o‘zlariga kerakli maslahatlar oldilar.


Milliy kurash bo‘yicha rektor kubogi

Ajdodlarimizdan o‘rganamiz nomli tadbir

Yaxshilarni yod etmoq ham farz ham qarz

Maktab bitiruvchilarining universitetga tashrifi davom etmoqda