Ilmiy ishlar

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet ellardagi ilmiy va ilmiy-texnik nashrlarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan 2005-2022 yillarda tayyorlangan 30 ta ilmiy ma’ruzalari va maqolalari Rossiya, AQSh, Angliya, Avstraliya, Xindiston va Qozog‘istonning ilmiy nashrlarida e’lon qilingan. Shu davr mobaynida kafedrada 17 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 90 tadan ortiq o‘quv-metodik ko‘rsatmalar va 120 tadan ortiq ilmiy ma’ruzalar va maqolalar chop etilgan. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentliginining 24 ta guvohnomasi olingan.