O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Traktorlar va transport vositalari

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish majmuida ishlatilayotgan traktorlar va transport vositalarining vazifasi va tuzilishi, ularning mexanizm va tizimlarining ishlashi, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari,ichki yonuv dvigatellari nazariyasi, xamda traktor va avtomobillar nazariyasi asoslari va xisobi bo‘yicha bilimlar beradi.

2

Traktorlar va QXM elektr jihozlari

Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari elektr va elektron jihozlaridan foydalanish sifatiga qo‘yiladigan talablar, asosiy rostlash ko‘rsatkichlari, jixozlarishini tahlil qilish va ulardan unumli foydalana olish, ishlatish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarda yechimlar qabul qilish, yangi turlarini mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha bilimlar beradi

3

Uchuvchisiz uchish vositalari va navigatsion tizimlar

Qishloq xo‘jaligida uchish vositalaridan foydalanish qonun qoidalari, shu sohada mavjud nizomlar, parvozlar xavfsizligini nazorat qilish, uchish vositalari turlari va ularni tuzilishi, parvozni boshqarish, uchish vositalarida foydalanilgan videokuzatuv kameralari va datchiklar, global navigatsiya tizimi ishlashi, sun’iy yo‘ldoshlar, signal qabul qiluvchi bazoviy stansiyalar, roverlar, tizim ishlashidagi xatolik, signal qabul qiluvchi vositalar, traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida ulardan foydalanish bo‘yicha bilimlar beradi

4

Issiqlik texnikasi

Issiqlik texnikasi va issiqlikni qishloq xo‘jaligida qo‘llashning asosiy tushunchalari, ularning nazariy asosini tashkil qiluvchi texnikaviy termodinamikaning asosiy qonunlari va prinsiplari o‘rgatiladi. Qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanishda ishlatiladigan qurilmalar bilan tanishtiriladi

5

Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari

Termodinamika va issiqlik uzatish qonunlarini, gaz va bug‘larning fizik xususiyatlarini, issiqlik energetika qurilmalarini ishlatish asoslarini, termodinamika qonunlariga doir masalalarni yechish yo‘llarini o‘rgatadi

6

Yonilg‘i-moylash materiallari

Neft mahsulotlari xaqida umumiy tushunchalar berilib, qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanilayotgan yonilg‘i moylash materiallarining turlari va ularning fizik-mexanik xossalarini o‘rgatadi.

7

Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizligi

Yo‘l xarakati qoidalari va xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, qoidalarda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar, yo‘l belgilari, haydovchi va yo‘lovchilarning vazifalari, yo‘llarda transport vositalarining xarakatlanish qoidalari, yo‘llarda xarakatlanish xavfsizligi asoslarini o‘rgatadi.