"Mashinalardan foydalanish va ta'mirlash" kafedrasi professor o'qituvchilarining Piskent tumanidagi 19 va 36 maktablariga tashrifi.

2022 - yil 23 - aprel kuni “Mashinalardan foydalanish va ta'mirlash” kafedrasi professor o’qituvchilari A.K.Igamberdiyev, S.Aliqulov, U.S.Berdimuradov va Sh.Z.Sharipovlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining 2022 - yil 7 - apreldagi 08-942-sonli xatiga asosan kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 19 va 36-maktabga tashrif buyurib, maktab o’quvchilari bilan turli mavzularda suhbatlashildi.

 

 Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori, maktab pedagogik jamoasi  va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar olindi. Tashrif so'ngida maktab bitiruvchilariga esdalik sovg'alari topshirildi.