Sport tan va ruh quvvati

    TIQXMMI “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti 2020-2021-oʼquv yili 1-kurs talabalari oʼrtasida 2020-yil 3-noyabr kuni Institut sport majmuasida “Sport sogʼlik garovi” shiori ostida sportning Mini-futbol turi boʼyicha fakultet dekani kubogi sport musobaqasi oʼtkazildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdan maqsad talaba yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, jismonan sogʼlom, maʼnan yetuk inson sifatida voyaga yetishiga yordam beradi.Tadbirda fakultetning yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari O.Roʼziboev, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi murabbiylari, guruh murabbiylari, fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari faol ishtirok etishdi. Musobaqa murosasiz koʼtaringki ruhda, faol tarzda oʼtdi. Musobaqa yakuni boʼyicha “SXMIM” taʼlim yoʼnalishi 105-guruh futbolchilari 1-oʼrinni qoʼlga kiritdilar, 2-oʼrinni “SXMIM” taʼlim yoʼnalishi 102-guruh futbolchilari qoʼlga kiritdilar, 3-oʼrinni “SXMIM” taʼlim yoʼnalishi 101-guruh futbolchilari qoʼlga kiritdilar.

TIQXMMI matbuot xizmati