Savobga yoʼgʼrilgan xayriya tadbir

  “Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti hamda “Mehrli qoʼllar” tashkiloti bilan birgalikda xayriya tadbirini tashkillashtirdi. Dastlab “Tansiqboy” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yoʼqotgan oila holidan xabar olindi. Soʼngra poytaxtmizning Аrcha koʼcha mahallasiga tashrif buyurilib sil kasalligidan xastalangan bemorga kimyoviy terapiya tekshiruvidan oʼtish uchun bir million soʼm berildi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Keles tumanida nogiron farzandi bor oilaga bir oylik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Xayriya doirasida jami 2 mln. 777 ming soʼm toʼplandi. Xayriya tadbiriga oʼz hissasini qoʼshgan QXM fakultetining talabalariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

TIQXMMI matbuot xizmati