Muzey – moziy ko'zgusi

   TIQXMMI “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining “SXMIM”ta'lim yo'nalishi 103 - guruh talabalari, 2020-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi “O'zbekiston tarixi Davlat muzeyiga” tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda talabalarda mamlakatimiz tarixining uzoq o'tmishi, qadimiyligi, ulug'vorligini o'zida ifoda etuvchi eksponatlar moddiy hamda ma'naviy boyliklari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Muzeyga sayohat davomida talabalar tariximizning qadimgi davrlari haqida so'zlovchi eksponatlar bilan tanishib, o'zbek davlatchiligi tarixining bosqichlari to'g'risida tasavvurlar paydo bo'ldi. Shu bilan birga muzey bilan tanishish chog'ida talabalar ajdodlarimiz qoldirgan boy merosimiz mazmun-mohiyati bilan tanishdilar, ularda vatanga fidoyilik, ajdodlarga hurmat, yurt kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashash kabi xususiyatlar shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ladi.

          

 

TIQXMMI matbuot xizmati