Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi. SHundan 4 nafari professor, 5 nafari t.f.n., dotsent, 3 nafari PhD ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 75 % ni tashkil etadi.
Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1. Kartoshkalarni yig‘ishtirishda kartoshka tuganaklarini kesak va toshlardan ajratishning ilg‘or texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish.
Asosiy ijrochilar: t.f.n., dots. A.Duskulov, t.f.f.d. X.Maxmudov, t.f.f.d. A.Isakov.
2. CHorvachilik va baliqchilik uchun ozuqalarni maydalab tayyorlaydigan resurstejamkor kichik qurilmalarni ishlab chiqish.
Asosiy ijrochilar: t.f.n., dots. Dj.Alijanov, t.f.f.d. A.Borotov, assistent YA.Jumatov, tayanch doktorant SH.Gapparov.
3. Qishloq xo‘jaligi uchun resurstejamkor texnologiyalar va texnika vositalarini ishlab chiqish.
Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. B.Xudayarov, t.f.d., prof. B.SHaymardanov, prof. M.SHoumarova, dots. T.Abdillaev, tayanch doktorant SH.Yusupov, stajer-o‘qituvchi Y.Raximov.
4. G‘alla etishtirishning yuqori samarali agrotexnikasi va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarini joriy etish, ish sifati va texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. K.Astanaqulov, tayanch doktorant N.Ashurov.
5. Smart qishloq xo‘jaligi tizimi asosida paxta etishtirishning yuqori samarali agrotexnikasi va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarini joriy etish, ish sifati va texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. K.Astanaqulov, stajer-o‘qituvchi A.Turdibekov.
Kafedrada shuningdek, 70 mln.so‘mdan ortiq qiymatda xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, Scopus bazasidagi ilmiy nashrlarda 31 ta, xorijiy jurnallarda 5 ta, respublika ilmiy jurnallarida 3 ta, xalqaro ilmiy anjumanlarda 42 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.