Hamkorlar

Qishloq xo‘jaligi mashinalari kafedrasida Ayova shtati universiteti, Texas agrar-texnika universiteti (AQSH), Ondokuz Mayis universiteti va Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Malayziya texnologik universiteti (Malayziya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Rossiya davlat agrar universiteti – Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi, N.V. Rudnitskiy nomidagi SHimoliy-sharqiy agrar ilmiy markazi va Krasnoyarsk o‘lkasi Fan va texnika uyi (Rossiya), M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti va Seyfulin nomidagi Qozog‘iston agrar texnika universiteti olimlari bilan birgalikda o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya, seminar va uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha halqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Respublikada fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi  bo‘yicha  Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sinash va sertifikatlash markazi, “BMKB-Agromash” AJ, “O‘zagroservis” AJ, “O‘zKlaasagro” qo‘shma korxonasi, “Agrixim” qo‘shma korxonasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.