O'qitiladigan fanlar

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan xaqida qisqacha ma’lumot

1

Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Fanning asosiy vazifasi metall va qotishmalarning olinishini, tuzilishini, xossalarini, markalanishini termik va kimyoviy-termik ishlov berish asoslarini qo‘yma olish bosim bilan ishlov berishni; materiallarni payvandlash asoslarini, kesish asboblarini; metall kesish dastgoxlarini o‘rgatishdan iboratdir.

2

Mashina va mexanizmlar nazariyasi

Mashinalar va mexanizmlarining tuzilishini belgilovchi qoidalar, kinematikva dinamik parametrlarning ularning xarakatiga o‘zaro ta’sirini o‘rganish asosida talab qilingan xossalarga ega bo‘lgan mexanizmlarni sintez qilish usullari bilan tanishtirishdir.

3

Mashina detallari va loyihalash asoslari

Mashina detallarning vazifasi, turlari, konstruksiyasi va qo‘llanish sohalari, hamda ularning asosiy parametrlarini ishlash ishonchliligi va layoqati mezonlari asosida hisoblash va loyihalash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.

4

Ko‘tarish- tashishmashinalari.

Suv va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ko‘tarish-tashish mashinalari vazifalari, konstruksiyasi, ishlash prinsiplari, qo‘llanish sohalari va ishdan chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning asosiy parametrlarini mustahkamlik me’zoni asosida hisoblash va loyihalash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.

5

O‘zaroalmashuvchanlik, standartlashtirish va texnik o‘lchovlar

Fanning asosiy maqsadi va vazifasi kelajak bakalavrlarga o‘zaroalmashuvchanlikning asoslarini, mashina va mexanizm detallarining o‘lchamlarini, ishlab chiqarishda joizlik va o‘tqazishlarni to‘g‘ri tanlashni va belgilashni, joizlik va o‘tqazishlarning yagona tizimini, birikmalar uchun standart o‘tqazishlarni hisoblashni va tanlashni o‘rgatishdan iboratdir.

6

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash.

Fanning asosiy maqsadi va vazifasi kelajak bakalavrlarga standartlashtirishning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rnini aniqlash, standartlashtirish nazariyasi asoslarini o‘zlashtirish, standartlashtirish ob’ektlarini aniqlash, turli standartlar bilan tanishish va ishlash, sifatni boshqarish, talab vaq oidalariga amal qilishni o‘rganishdan iboratdir.

7
Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi. (fanning materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi bo‘limlari bo‘yicha)
Fanning asosiy vazifasi metall va qotishmalarning olinishini, tuzilishini, xossalarini, markalanishini termik va kimyoviy-termik ishlov berish asoslarini qo‘yma olish bosim bilan ishlov berishni; materiallarni payvandlash asoslarini, kesish asboblarini; metall kesish dastgoxlarini o‘rgatishdan iboratdir.
8 Nazariy va amaliy mexanika. (fanning mexanizm va mashinalar nazariyasi,xamda mashina detallari bo‘limlari bo‘yicha) Mashinalar va mexanizmlarining tuzilishini belgilovchi qoidalar, kinematik va dinamik parametrlarlarning ularning xarakatiga o‘zaro ta’sirini o‘rganish asosida talab qilingan xossalarga ega bo‘lgan mexanizmlarni sintez qilish usullari bilan tanishtirish, mashina detallarning vazifasi, turlari, konstruksiyasi va qo‘llanish sohalari, hamda ularning asosiy parametrlarini ishlash ishonchliligi va layoqati mezonlari asosida hisoblash va loyihalash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.

Magistratura bosqichida

1

Patentshunoslik, sertifikatlashtirish va litsenziyalash

“Patentshunoslik, sertifikatlashtirish va litsenziyalash” fanini o‘qitishdan maqsad shundan iboratki, bo‘lajak mutaxassislar patent axborotining hozirgi oqimini tahlil qilish, yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar, konstruktorlik yechimlari, texnologiyalarni intellektual mulk ob’ektlari sifatida huquqiy muhofazalash bo‘yicha amaliy bilimlarni berishdani borat.