Hamkorlar

Kafedra O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi AJ, Uzklaasagro va Uzkeysservis qo‘shma korxonalari va qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejlaribilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bu hamkorlikda ishlabchiqarish bilan uzviy aloqani ta’minlash, talabalarga amaliy bilim va ko‘nikmalar berish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazani mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotlarini tashkil qilishga katta e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, BMKB “Agromash”, O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda Uzgidromet huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti bilanilmiy texnologik ekologik muammolar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilmiy tadqiqot ishlaridoirasida xamkorlik qilib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, malaka oshirish, o‘quv-uslubiy materiallar yaratish, yangio‘quv kurslari tashkil etishda rivojlangan xorijiy davlatlar AQShning Ayova shtati universiteti, Vashington shtati universiteti, Shimoliy Dakota shtati universiteti, Viskonsin universiteti va Jorjia texnologiyalar instituti, Janubiy Koreyaning Seul universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan ham xamkorlik qilishmoqda. O‘tgan yillar davomida Vashington shtati universiteti bilan Toshkent shahrida atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar miqdorini o‘rganish bo‘yicha ilmiy loyiha amalga oshirilgan, Shimoliy Dakota shtati universiteti professori Tom Bon kafedradaQishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlarda suyuqlik energiyasidan foydalanish kursi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borgan. Viskonsin universiteti va Jorjia texnologiyalar institutida dotsent Amonov M.O. uzoq muddatli stajirovka o‘tagan.

Shimoliy Dakota shtati universiteti professori Tom Bon Q-x mashinalari va traktorlarda suyuqlik energiyasidan  foydalanish kursi tinglovchilari bilan

 

 

 

 

Vashington shtati universiteti professorlari Candis Claiborn, James Peterson va

dotsent   Mansur Amonov hamkorlik masalalari muhokamasidan so‘ng