O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

Kunduzgi ta’lim shaklida

1.

Qishloq xo‘jaligi

mashinalari

Qishloq xo‘jaligi mashinalari fani tuproqqa ishlov beradigan, tuproqni o‘g‘itlaydigan, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekadigan, ko‘chatlarini o‘tqazadigan, ekinlarni parvarish qilishda, o‘simliklarni zararkunanda kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashishida qo‘llaniladigan, pichan, yem-hashak tayyorlash, o‘simliklar hosilini yig‘ishtirish, don tozalash va saralash, quritish, ildizmeva, poliz va sabzavot ekinlarini yetishtirish, meva yetishtirishda qo‘llaniladigan melioratsiya va sug‘orish ishlarida va boshqa ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan texnikalar va jihozlar, asbob-uskunalar va boshqalarning vazifasi, tuzilishi, sozlanishi, ishga tayyorlash, texnologik ish jarayonlari, mashina va uning ishchi qismlari parametrlarini aniqlashning nazariy asoslari haqida ma’lumotlar berilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishi talabalariga bilim berishga mo‘ljallangan.

2.

Chorvachilikni mexanizatsiyalash

Chorvachilikda ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va unda qo‘llaniladigan mashina va jihozlar tuzilishi, ishlash prinsipi va foydalanish qoidalari, mashinalarni tanlash va hisoblash, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash asoslarini o‘rgatadi.

3.

Qishloq xo‘jaligi muxandisligi asoslari

Qishloq xo‘jaligida muxandislik tizimini qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi asosiy kashfiyotlarni, xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ma’lumotlar qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’no-mazmunini o‘rgatadi.

4.

Dastlabki qayta ishlash va saqlashni mexanizatsiyalash asoslari

Dastlabki qayta ishlash va saqlash texnologiyasi qonuniyatlari, o‘simlik va chorva mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash va saqlagichlar hamda ularda qo‘llaniladigan mashina va jihozlari turlari, hisoblash asoslari, qurilmalarni tanlash va foydalanish qoidalari asoslarini o‘rgatadi.

5.

Chorvachilik asoslari

Chorvachilik va chorva mahsulotlari turlari, hayvonlar zotlari, parrandalarning zot va krosslari, hayvonlarning kelib chiqishi, chorvachilikda naslchilik ishi, qishloq xo‘jalik hayvonlarini rasion asosida boqish, rasion va rasion tuzish prinsiplari, hayvonlarni individual o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, chorva hayvonlarini mahsuldorligi, sut va go‘sht ishlab chiqarish texnologiyasi, urchitish usullari, chatishtirish usullari, urchitish texnikasi,; hayvonlarni o‘sish va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, qishloq xo‘jalik hayvonlar mahsuldorligini oshirish asoslarini o‘rgatadi.

6.

Ozuqalarni tayyorlash va saqlashni mexanizatsiyalash

Чорвачиликда мустаҳкам озуқа базасини ташкил қилиш, озуқаларни ғамлаш, сақлаш ва тўйимли озуқалар тайёрлаш технологиялари, қўлланиладиган машина ва жиҳозлар турлари, тузилиши, қўлланилиш доираси,  назарияси ва ҳисоблаш асослари, улардан фойдаланиш қоидалари,   конструкцияси ва иш режимларининг муайян шароитлар учун рационал кўрсаткичларини танлаш усулларини o‘rgatadi.

Sirtqi ta’lim shaklida

7.

Bog‘dorchilik va savzovotchilik mashinalari

“Bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari” fani bakalavrlarga bog‘dorchilik va sabzavotchilik ishlarini mexanizatsiyalash, bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari, ularning tuzilishi, ishlash jarayoni, bog‘dorchilik va sabzavotchilik ishlari texnologik jarayonlarini asoslash usullari, prinsiplari, ishlarni nazorat qilish, jihoz va qurilmalar o‘lchamlari, parametrlari va ish rejimlarini aniqlash, mahalliy sharoitga qarab qurilma va jihozlar hamda mashinalarni tanlash, ularni ishlatish va samarali foydalanish bo‘yicha  bilimlarni va ularni amalda qo‘llay bilishni o‘rgatadi.

8.

Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari asoslari

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari asoslari” fani bakalavrlarga tuproqqa ishlov beradigan, o‘g‘itlaydigan, urug‘larini ekadigan, ekinlarni parvarish qilish, kasallik va zararkunandalar hamda begona o‘tlarga qarshi kurashishida qo‘llaniladigan, pichan, yem-hashak tayyorlash, ekinlar hosilini yig‘ishtirish, don tozalash va saralash, poliz va sabzavot ekinlari, meva yetishtirishda qo‘llaniladigan texnikalar va texnologiyalar-ning vazifasi, texnologik ish jarayonlari, mashina va uning ishchi qismlari parametrlarini aniqlashning nazariy asoslarini va ularni amaliyotda qo’llashni o’rgatadi.

Magistratuta bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Qishloq xo‘jalik mashinalarining nazariyasi va hisobi

Mexanizasiya vositalari ta'sir ko‘rsatadigan ob'ektlarning fizik-mexanik va texnologik xossalarini, qishloq xo‘jalik mashinalarining turlari, ularning asosiy qismlarini tuzilishi va ishlash jarayonlarini, tuproqqa asosiy va sayoz ishlov berish, o‘g‘it solish, o‘simliklar urug‘i va ko‘chatlarini ekish hamda parvarishlash, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini yig‘ib-terib olish, dastlabki ishlov berish usullari va ularni amalga oshiradigan mashinalarning texnologik ish jarayoni va texnologik parametrlarini aniqlashning nazariy asoslarini, mashinalarning va ishchi qismlarining ish rejimlarini nazariy asoslash, ishlab chiqiladigan mashinalarga qo‘yiladigan agrotexnika talablarini o‘rgatadi.

2.

Qishloq xo‘jalik mashinalarida yangi texnik yechimlar

“Qishloq xo‘jalik mashinalarida yangi texnik echimlar” fani bo‘lajak mutaxassislarga tuproqqa ishlov beradigan, urug‘ ekadigan va ko‘chat o‘tqazadigan, o‘g‘it sepadigan, ekinlar zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi kurashadigan, hosil yig‘adigan, urug‘larni tozalab saralay-digan qishloq xo‘jaligi mashinalarining texnologik ish jarayoni va konstruksiyasini takomillashtirish, ishchi qismlari parametrlarini aniqlash, qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha yangi texnik echimlar ishlab chiqish, ishlab chiqilgan yangi texnik echimlarni asoslash va ularni amalda qo‘llay bilishni o‘rgatadi.

3.

CHorvachilik  mashinalari nazariyasi va hisobi

Ozuqalarning fizik-mexanik va texnologik xossalarini, chorvachilik mashinalarining turlari, ularning asosiy qismlarini tuzilishi va ishlash printsiplarini, chorvachilikda qo’llaniladigan jixoz va qurilmalar amalga oshiradigan texnologik ish jarayoni va texnologik parametrlarini aniqlashning nazariy asoslarini, mashinalarning va ishchi qismlarining ish rejimlarini nazariy asoslash, ishlab chiqiladigan mashinalarga qo‘yiladigan zootexnika talablarini o‘rgatadi.

4.

Qishloq xo‘jaligi mashinalarini loyihalash

Qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruksiyasi hamda loyihalash prinsiplari va qoidalari mashinalarni yaratish bosqichlari, loyihalash tartibi, metodlari, iqtisodiy asoslash, loyihalashni avtomatlashtirishni,  loyihalashning dizayn, ergonomika va ekologik jihatlarini, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro mutanosibligini o‘rgatadi.

5.

Eksperiment natijalariga statistik ishlov berish

Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning ahamiyati, tajriba natijalarining statistik tavsiflari va ularni hisoblash usullari, gipotezalarni tekshirishning statistik usullari, eksperiment natijalari farqining ahamiyatliligini baholash, tajriba natijalarini disper-siyaviy, regressiyaviy va korrelyasiyaviy tahlil qilishni va ularni amalda qo‘llay bilishni o‘rgatadi.

6.

Ilmiy tadqiqot usullari va eksperimentni rejalashtirish

Ilmiy tadqiqot ishlarining eng samarali yo‘llari va yo‘nalishlaridan foydalanib, muayyan mashina yoki texnika bajaradigan texnologik jarayonni ob’ektiv tavsiflovchi aniq matematik modelini olishni, uni tahlil qilish asosida bajarilgan texnologik jarayonning sifatini ta’minlab beruvchi ratsional parametrlarni aniqlashni, ya’ni faol tadqiqotlar o‘tkazishning asoslarini o‘rgatadi.