Ilmiy ishlar

Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos texnologiyalarni ishlab chiqish va texnika vositalarini takomillashtirish

Ishning maqsadi - yerlarni ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish, parvarishlash va hosilini yig’ishtirishning O’zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos texnologiyalari va texnika vositalarini takomillashtirish, ularning ishchi qismlari parametrlarini asoslashdan iborat.

Ilmiy ishning vazifalari:

  • yerlarni ekishga tayyorlash va ekish texnologiyalari va texnik vositalarini takomillashtirish, ishchi qismlari parametrlarini asoslash;
  • resurstejamkor texnologiyalarga asoslangan g‘o‘zapoyali dalalarda pushta olish texnologiyasi va texnik vositasini ishlab chiqish;
  • terim apparati frontal joylashgan yangi kompanovkali paxta terish mashinasini ishlab chiqish;
  • topinambur yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash;
  • ozuqalarni maydalash qurilmasi bo‘yicha qirqish ishini kamaytirish bo‘yicha nazariy tadqiqotlar hamda mashinani laboratoriya sharoitida sinashga tayyorgarlik;
  • intellektual qishloq xo‘jaligi tizimlarini tahlil etish va ularni respublikamiz qishloq xo‘jaligiga tadbiq etish.