Hamkorlar

XAMKORLAR

2018 – 2019 o‘quv yillari bo‘yicha Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining «Qishloq xo‘jalik mashinalari» kafedrasi soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta'minlash, talabalarga bilim berish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va homiylik yordam ko‘rsatish, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha “Uzagroservis” AJ, “TRAKTOR” maxsus konstruktorlik byurosi UK, “BMKB-Agromash” AJ, TEXNOLOG-STAN AJ, “Agregat zavodi”  AJ, “Agrixim”, UZCAESSSERVIS, UZCLAAS-AGRO qo‘shma korxonalari, Yangiyo‘l qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollyeji, Zangiota agroservis kollyeji, Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini sinash va sertifikatlash Davlat markazi bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

Kafedra professor - o‘qituvchilari turli xalqaro dasturlar doirasida dunyoning bir qancha davlatlari universitetlari professor o‘qituvchilari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishgan. Chet el univyersityetlari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalarni o‘zaro almashish, malaka oshirish va amaliyotlarni tashkil qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Kafedraning AQShning Shimoliy Dakota shtati universiteti o‘qituvchisi Tomas Bon bilan aloqasi mavjud bo‘lib, QXM fakulteti yosh o‘qituvchilari, magistrantlari va IV kurs iqtidorli talabalari u tomonidan tashkil etilgan “Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida qarshilik va yuklanishlarni aniqlash usullari va dasturlari” kursi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida qatnashishmoqda.

Dosent D.Alijanov 2012 yilda SLASS kompaniyasi homiyligida Germaniyada malaka oshirish kursida o‘qib, shu yerda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mashinalari bilan yaqindan tanishdi.