Xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarning amaliy natijalari

Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish fakul'teti bilan AQSh davlatining JOHN DEERE kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Landtech firmasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida 6-fevral' kuni POTTINGER kompaniyasining Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bo‘yicha savdo ishlari direktori Aleksandr Sergeevich Zernov tashrif buyurdi. Tashrif doirasida A.S.Zernov Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash fakul'teti o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida fakul'tet professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlariga seminar tashkil etildi. Seminarda A.S.Zernov yig‘ilganlarga POTTINGER kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari, ularning o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari bo‘yicha ma'lumot berib, hozirgi kunda kompaniyada olib borilayotgan tadqiqotlar hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi. A.S.Zernov institut mutaxassislarining kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan plug, kul'tivator, kombinasiyalashgan ekish mashinalari, ozuqa yig‘ishtirish mashinalari haqida fikr almashdi va kelgusidagi amaliy hamkorlik masalalari kelishib olindi.